0%

Biz haqimizda

 

Datum Parfum — bu Yevropaning quyib beriladigan asl atirlari savdosiga ixtisoslashgan do‘konlar tarmog‘i. Kompaniyamiz oddiy maqsadni ko‘zlab yaratilgan: har bir kishiga kerakli hajmda atirlar taqdim etish. Ushbu iforlar sizni ilhomlantiradi, hayratga soladi va o‘ziga xosligingizni alohida namoyon etadi.

 

Bizning tariximiz

Datum Parfum kompaniyasi parfyumeriyaga bo‘lgan ishtiyoq va O‘zbekiston aholisiga atirlar dunyosining eng sara mahsulotlarini taklif qilish istagi tufayli paydo bo‘lgan. 2017-yilda ish boshlaganimizdan so‘ng, ikki yil davomida mijozlarimizning ehtiyojlarini o‘rganib, mahalliy bozorning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qildik. Natijada, 2022-yilda 37 ta tanlangan atir turlaridan iborat birinchi do‘konimizni ochdik.

Bugun mahsulotlarimiz qatorida Yevropaning yetakchi parfyumerlari tomonidan yaratilgan 391 dan ortiq turdagi atirlar mavjud. Ularning har biri o‘ziga xos tarixga ega va inson qiyofasining bir qismiga aylana oladigan san’at asarlaridir.

Katalogimizni yuklab oling

Bizning missiyamiz 

O‘zbekistonda parfyumeriya madaniyatini rivojlantirish, yuqori sifatli xushbo‘y iforlarni yetkazib berish va o‘z parfyumeriya to‘plamlarimiz bilan jahon bozoriga chiqish.

Afzaliklarimiz

Moslashuvchan hajmlar

10 ml dan 100 ml gacha bo‘lgan hajmni tanlash imkoniyati sizga tanlov erkinligi va mablag‘ni tejash imkonini beradi.

Iforlar xilma-xilligi

Siz 10 ml dan bir nechta atirlarni sotib olishingiz va turli vaqtlarda turfa iforlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin, bu esa tajriba o‘tkazish va yangi sevimli atirlar uyg‘unligini kashf etish imkonini beradi.

Hamyonbop narxlar

Biz qadoqlash va katta flakonlar uchun ortiqcha to‘lovlarsiz, maqbul narxlarda hashamdor atirlarni taklif etamiz.

Xizmat ko‘rsatish

Bizning professional jamoamiz har qanday tanlovda ko‘maklashishga va barcha savollarga javob berishga tayyor.

Sodiqlik dasturi

Doimiy mijozlar uchun maxsus takliflar va bonuslar.